O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasining muhokamasi

Photo

Muhokamaga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori kiritilmoqda. Qaror loyihasi “Muvofiqlikni baxolash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amaliyotga joriy etish maqsadida tayyorlangan va quyidagilarga o‘zgartirish kiritish ko‘zda tutilgan:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 14 oktyabrdagi “"Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 292-son qarori bilan tasdiqlangan “Muvofiqlikni baholash organlarini va metrologik xizmatlarni akkreditatsiya qilish hamda ularning faoliyatini inspeksiya nazoratidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga; 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyuldagi “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 318-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga.

Qaror loyihasi bo‘yicha takliflaringizni 2016 yilning 26 sentyabrga qadar “O‘zstandart” agentligining Muvofiqlikni tasdiqlash sohasidagi texnikaviy siyosat boshqarmasiga  tohirov@standart.uz  elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Mas’ul – Toxirov Odiljon Zoxidjonovich, tel: 202-00-11 (10-08)



Video

Fuqarolarning murojaatlari

Davlat ramzlari


Interaktiv xizmatlar

Xalqaro hamkorlar



Foydal havolalar